Asosiy mazmunga oʻtish

Foydalanuvchi kelishuvi

2026-yil 24-avgust tahriri

Ushbu Kelishuv Hunardan talabalar, ish izlovchilar va boshqa jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish qoidalarini belgilaydi. U Hunarning ish beruvchilar, OTMlar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan alohida shartnomalarini almashtirmaydi.

1. Kelishuv predmeti va Hunar haqida maʼlumot

Ushbu Foydalanuvchi kelishuvi Hunar platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — «Hunar», «Operator», «biz»; toʻliq yuridik rekvizitlar yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgach «Operator rekvizitlari» boʻlimida eʼlon qilinadi) va Hunar sayti, veb-ilovasi hamda boshqa interfeyslaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — «Foydalanuvchi», «siz») oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Hunar kasbiy simulyatsiyalar uchun raqamli platformani taqdim etadi. Foydalanuvchi kasblar bilan tanishishi, haqiqiy ish vazifalariga yaqin topshiriqlarni bajarishi, yondashuvlarini namunaviy materiallar bilan solishtirishi, feedback olishi, Skill Passport shakllantirishi, simulyatsiyani tugatganlik sertifikatini olishi va alohida xohishiga koʻra natijalarni tanlangan ish beruvchi yoki taʼlim tashkilotiga yuborishi mumkin.

Ayrim Simulyatsiyalar ish beruvchilar bilan birga yaratiladi yoki ularning brendi ostida taqdim etiladi. Demo kompaniyalar, maʼlumotlar va keyslar «demo» yoki shunga oʻxshash belgi bilan koʻrsatiladi. Kompaniya brendining mavjudligi oʻz-oʻzidan ishga qabul qilish, stajirovka, offer yoki Hunarning mazkur kompaniya nomidan vakilligi degani emas.

Kelishuvning amaldagi tahriri https://hu-nar.uz manzilida va/yoki Hunar interfeysida joylashtiriladi.

2. Atamalar va taʼriflar

«Platforma» / «Hunar» — kasbiy simulyatsiyalar va bogʻliq funksiyalar taqdim etiladigan Hunar sayti, veb-ilovasi va bogʻliq xizmatlar.

«Akkaunt» — progress, natijalar, sozlamalar va hujjatlarni saqlash uchun Foydalanuvchining shaxsiy hisob yozuvi.

«Mehmon rejimi» — roʻyxatdan oʻtmasdan foydalanish rejimi; ayrim funksiyalar qurilmada lokal ishlashi va roʻyxatdan oʻtmaguncha server bilan sinxronlanmasligi mumkin.

«Simulyatsiya» — kasbiy faoliyatning ayrim jihatlarini modellashtiruvchi ssenariylar, materiallar va topshiriqlar majmui.

«Natija» — Simulyatsiya progressi, javoblar, yuklangan materiallar, ballar, feedback va boshqa shakllanadigan koʻrsatkichlar.

«Skill Passport» — Hunar doirasida tasdiqlangan koʻnikmalar va natijalar profili. Davlat taʼlim hujjati emas.

«Sertifikat» — muayyan Simulyatsiya Hunar qoidalariga koʻra yakunlanganini tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli yozuv.

«Hamkor ish beruvchi» — Simulyatsiyani joylashtiradigan/qoʻllab-quvvatlaydigan yoki faqat tegishli huquqiy asos, zarur boʻlsa alohida rozilik mavjud boʻlganda Foydalanuvchi maʼlumotlarini oladigan tashkilot.

«Taʼlim tashkiloti» — Hunarni oʻquv yoki karyera jarayonida alohida kelishuv asosida ishlatadigan OTM yoki boshqa tashkilot.

3. Kelishuvni qabul qilish va elektron shakl

Foydalanuvchi tegishli checkboxni belgilash, roʻyxatdan oʻtish yoki Kelishuvni qabul qilish bilan aniq bogʻlangan funksiyani ishga tushirish tugmasini bosish yoxud qabul qilish faktini qayd etishga imkon beradigan boshqa usul orqali Kelishuvni qabul qiladi.

Qabul qilish talab etilmaydigan ochiq sahifalarni koʻrish Foydalanuvchining qonun bilan berilgan majburiy huquqlaridan voz kechishi deb talqin qilinmaydi.

Hunar qabul qilish faktini isbotlash uchun sana, vaqt, Kelishuv versiyasi, Akkaunt identifikatori va zarur minimal texnik maʼlumotlarni saqlashi mumkin.

4. Yosh, muomala layoqati va voyaga yetmaganlar

Roʻyxatdan oʻtish orqali Foydalanuvchi shartlarni mustaqil qabul qilish uchun zarur muomala layoqatiga egaligini yoki qonunda nazarda tutilgan holatda qonuniy vakil orqali harakat qilayotganini tasdiqlaydi.

Foydalanuvchi voyaga yetmagan boʻlsa, uning shaxsga doir maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ota-ona, vasiy yoki homiy tomonidan yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida beriladi.

Tekshiriladigan parental consent-flow joriy etilmaguncha Hunar voyaga yetmaganlarning roʻyxatdan oʻtishini va natijalarni ish beruvchiga yuborish funksiyalarini cheklashi mumkin. Yosh boʻyicha qoida roʻyxatdan oʻtish interfeysida aniq koʻrsatiladi.

5. Akkaunt, avtorizatsiya va mehmon rejimi

Progressni saqlash, sertifikat, Skill Passport va karyera funksiyalaridan foydalanish uchun Akkaunt talab etilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtish email/parol va/yoki qoʻllab-quvvatlanadigan yagona kirish provayderi, masalan Google orqali amalga oshirilishi mumkin.

Foydalanuvchi haqqoniy maʼlumot beradi va Akkauntga kirishni uchinchi shaxslarga bermaydi. Mehmon rejimidagi lokal progress brauzer maʼlumotlari tozalanganda yoki qurilma almashtirilganda yoʻqolishi mumkin.

Ruxsatsiz kirish gumoni boʻlsa, Foydalanuvchi zudlik bilan supportga xabar beradi.

6. Kasbiy simulyatsiyalarni oʻtash tartibi

Simulyatsiyalar kasb bilan xavfsiz tanishish va koʻnikmalarni mashq qilishga moʻljallangan. Real kompaniya bilan hamkorlikda yaratilgan boʻlsa ham, undagi jamoa, mijoz, maʼlumot va vaziyatlar faraziy boʻlishi mumkin.

Namunaviy javoblar berilgan boʻlsa, ular professional yondashuv misoli boʻlib, alohida koʻrsatilmasa, yagona toʻgʻri javob hisoblanmaydi.

Hunar topshiriqlar, davomiylik, baholash modeli va materiallarni yangilashi mumkin, bunda Foydalanuvchining allaqachon tasdiqlangan huquqlari qonuniy asossiz bekor qilinmaydi.

Ayrim Simulyatsiyalarning bepul boʻlishi barcha funksiyalar doim bepul qolishini anglatmaydi. Pullik funksiyalar paydo boʻlsa, toʻlovdan oldin alohida va tushunarli shartlar beriladi.

7. Baholash, feedback, avtomatlashtirish va AI

Ball, daraja, match-score va boshqa koʻrsatkichlar Hunar ichidagi karyera/taʼlim signallari boʻlib, professional malaka, davlat attestatsiyasi yoki ish beruvchining qarori kafolati emas.

Baholash avtomatlashtirilgan qoidalar, algoritmlar, modellar yoki AI vositalarini oʻz ichiga olishi mumkin. Faqat avtomatlashtirilgan qaror Foydalanuvchining huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir qilib, yuridik oqibat tugʻdirsa, Hunar Oʻzbekiston qonunchiligidagi talablarni, jumladan tegishli asos, qaror tartibi va oqibatlarini tushuntirish, eʼtiroz bildirish imkoniyati va qonunda belgilangan koʻrib chiqish tartibini qoʻllaydi.

Generativ AIʼdan faqat muayyan Simulyatsiya qoidalarida ruxsat berilganda foydalanish mumkin. Hunar mustaqil bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlarni belgilashi va baholash mexanizmini insofsiz chetlab oʻtishga qarshi oqilona choralar qoʻllashi mumkin.

Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlari alohida qonuniy asos va shaffof xabarnomasiz uchinchi tomon AI modellarini oʻqitish uchun ishlatilmasligi kerak.

8. Skill Passport, sertifikat va natijani koʻrsatish qoidalari

Hunar sertifikati muayyan Simulyatsiya Hunar yozuvlariga koʻra yakunlanganini tasdiqlaydi. Alohida huquqiy rejim asosida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmasa, u davlat diplomi, malaka beruvchi hujjat yoki mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat emas.

Brendlangan Simulyatsiyani oʻtash Foydalanuvchi hamkor kompaniyada ishlagan, stajirovka qilgan yoki shartnomaviy munosabatda boʻlgan degani emas. Haqiqiy ish/stajirovka boʻlmagan boʻlsa, Simulyatsiya mehnat tajribasi sifatida koʻrsatilmasligi kerak.

Yakunlangan Simulyatsiyani CV yoki profilda loyiha, karyera simulyatsiyasi, sertifikat yoki extracurricular activity sifatida uning haqiqiy tabiatini toʻgʻri koʻrsatgan holda berish mumkin.

Sertifikatni ommaviy tekshirish sahifasi odatda haqiqiylikni tasdiqlash uchun zarur minimal maʼlumotni koʻrsatadi. Identifikatsiya qiluvchi maʼlumotlarni cheklanmagan shaxslar doirasiga ochish zarur boʻlsa alohida huquqiy asos, jumladan tegishli rozilik talab etiladi.

9. Natijalarni ish beruvchilarga yuborish

Muayyan dastur boshlanishidan oldin aniq boshqacha maʼlumot berilmagan boʻlsa, Simulyatsiya natijalari odatda yopiq hisoblanadi.

Natija, profil yoki aloqa maʼlumotlarini recruitment maqsadida ish beruvchiga yuborish Foydalanuvchining alohida xabardor harakati, masalan «Natijani recruiterga koʻrsatish» orqali yoki Foydalanuvchiga oldindan ochiq bayon qilingan boshqa qonuniy asosda amalga oshiriladi.

Ixtiyoriy yuborishdan voz kechish, agar yuborish alohida dastur uchun ajralmas va oldindan aniq koʻrsatilgan shart boʻlmasa, bazaviy Simulyatsiyani oʻtashni bloklamasligi kerak.

Qonuniy yuborilgandan soʻng ish beruvchi keyingi qayta ishlash boʻyicha mustaqil operator boʻlishi mumkin. Hunar kimga, qanday maʼlumot va nima maqsadda berilishini Foydalanuvchiga maʼlum qiladi.

10. Taʼlim tashkilotlari orqali Hunardan foydalanish

Foydalanuvchi OTM yoki boshqa tashkilot orqali guruh/kursga ulangan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish, ishtirok etish, progress va Simulyatsiyani yakunlash haqidagi ayrim maʼlumotlar tashkilot bilan kelishuv va tegishli huquqiy asos doirasida vakolatli administratorga ochilishi mumkin.

Bunday ochilishdan oldin administrator koʻrishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar tarkibi aniq tushuntiriladi. Zarurat va huquqiy asos boʻlmasa, toʻliq javoblar/fayllarga kirish odatda berilmaydi.

11. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

Foydalanuvchi Hunardan funksional imkoniyatlar doirasida foydalanish, oʻz natijalarini koʻrish, supportga murojaat qilish, mavjud maxfiylik sozlamalarini boshqarish va shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha qonuniy huquqlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: boshqa shaxs nomidan chiqmaslik va ruxsatsiz begona Akkauntdan foydalanmaslik; zararli kod yuklamaslik va Platforma xavfsizligi/barqarorligini buzmaslik; Hunar yozma ruxsatisiz kontent va maʼlumotlarni ommaviy avtomatik yigʻmaslik; texnik cheklovlar va baholash nazoratini chetlab oʻtmaslik; noqonuniy, uchinchi shaxs huquqlarini yoki maxfiyligini buzuvchi kontentni joylashtirmaslik; muayyan Simulyatsiyaning maxsus qoidalariga rioya qilish.

12. Hunarning huquq va majburiyatlari

Hunar funksionalni rivojlantirish, xatolarni tuzatish, Simulyatsiya tuzilmasini yangilash, oqilona texnik cheklovlar joriy etish, profilaktika ishlarini oʻtkazish va suiisteʼmollardan himoyalanish huquqiga ega.

Hunar vijdonan harakat qiladi, qonunda nazarda tutilgan shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻradi, majburiy axborotni taqdim etadi va tegishli asos boʻlmasdan maʼlumotlarni eʼlon qilingan maqsaddan tashqarida ishlatmaydi.

13. Intellektual mulk va Foydalanuvchi kontenti

Hunar brendi, interfeys, dasturiy kod, metodik materiallar va original kontentga huquqlar tegishli huquq egalariga tegishli. Ish beruvchining materiallari ish beruvchi/litsenziarga tegishli.

Foydalanuvchi oʻzi yaratgan original javob/materiallarga nisbatan yuzaga keladigan huquqlarini saqlaydi. Xizmat ishlashi uchun Foydalanuvchi Hunarga mazkur materiallarni faqat xizmat koʻrsatish, baholash, xavfsizlik, support va tegishli asos boʻlganda tanlangan ish beruvchi/tashkilotga yuborish maqsadida saqlash, texnik nusxalash va qayta ishlashga cheklangan, noeksklyuziv va bepul huquq beradi.

Foydalanuvchi ishini ochiq marketing keysida, reklamada yoki Hunarning ommaviy portfoliolarida ishlatish, qonun boshqacha ruxsat bermasa, alohida rozilik/ruxsatni talab qiladi.

14. Shaxsga doir maʼlumotlar va maxfiylik

Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash Hunarning Maxfiylik siyosati va zarur holatda alohida Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik bilan tartibga solinadi.

Hunar Foydalanuvchi shaxsga doir maʼlumotlarini sotmaydi. Recruitment uchun ish beruvchiga yuborish, Skill Passport/sertifikatni ommaga ochish va marketing xabarlari qonun talab qilganda alohida sozlama/rozilik bilan boshqariladi.

Rozilikni qaytarib olish qaytarib olishgacha amalga oshirilgan qayta ishlashning qonuniyligiga taʼsir qilmaydi va qonun asosida boshqa huquqiy asosda ruxsat etilgan/majburiy qayta ishlashni toʻxtatmaydi.

15. Xabarnomalar va kommunikatsiyalar

Akkaunt, xavfsizlik, muhim shartlar oʻzgarishi yoki Foydalanuvchi soʻrovini bajarish uchun zarur servis xabarlari amaldagi qonunchilik doirasida koʻrsatilgan aloqa kanallari orqali yuborilishi mumkin.

Reklama va boshqa ixtiyoriy marketing xabarlari tegishli rozilik/sozlama asosida yuboriladi. Foydalanuvchiga ulardan voz kechishning tushunarli usuli beriladi.

16. Xizmat mavjudligi, kafolatlar va javobgarlik

Hunar barqaror ishlashga intiladi, biroq mutlaq uzluksizlik, xatosizlik yoki barcha qurilma/uchinchi tomon servislariga moslikni kafolatlamaydi.

Hunar intervyu, stajirovka, offer, ishga qabul qilish, muayyan daromad yoki konkret ish beruvchi qarorini kafolatlamaydi. Ish beruvchi qarorini mustaqil qabul qiladi.

Qonun ruxsat etgan maksimal darajada Hunarning javobgarligi Hunarning isbotlangan buzilishi bilan sababiy bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri real zarar bilan cheklanadi. Kelishuv Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra cheklab boʻlmaydigan huquq yoki javobgarlikni cheklamaydi.

Qonuniy yuborilgandan keyin mustaqil ish beruvchi/taʼlim tashkilotining keyingi qayta ishlashi uchun Hunar javob bermaydi, biroq bu Hunarni maʼlumotni yuborishgacha va yuborish paytidagi oʻz majburiyatlaridan ozod qilmaydi.

17. Akkauntni cheklash va foydalanishni toʻxtatish

Hunar Kelishuvni jiddiy buzish, xavfsizlikka tahdid, firibgarlik, noqonuniy faoliyat yoki vakolatli organ talabi mavjud boʻlsa, amaldagi qonunchilik va mutanosiblik prinsipiga rioya qilgan holda kirishni vaqtincha cheklashi yoki toʻxtatishi mumkin.

Foydalanuvchi xizmatdan foydalanishni toʻxtatishi va Akkauntni oʻchirishni soʻrashi mumkin. Maʼlumotlarni oʻchirish qonundagi majburiy saqlash muddatlari va Maxfiylik siyosatida koʻrsatilgan boshqa qonuniy asoslarga muvofiq amalga oshiriladi.

18. Kelishuvni oʻzgartirish

Hunar mahsulot rivoji, qonunchilik yoki biznes jarayonlarining oʻzgarishi sabab Kelishuvni yangilashi mumkin. Hujjatda tahrir sanasi koʻrsatiladi.

Foydalanuvchi huquqlari yoki maʼlumotlarni qayta ishlash usullariga jiddiy taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar haqida Hunar oqilona va koʻrinadigan usulda xabar beradi. Qonun yangi rozilikni talab qilsa, shunchaki foydalanishni davom ettirish uning oʻrnini bosa olmaydi.

19. Qoʻllaniladigan huquq, murojaatlar va yakuniy qoidalar

Kelishuvga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi qoʻllaniladi. Savol va daʼvolar support@hu-nar.uz manziliga yuboriladi. Hunar murojaatni oqilona muddatda koʻrib chiqishga intiladi; qonunda majburiy muddat boʻlsa, shu muddat qoʻllaniladi.

Sudgacha tartib yoki sudlovga oid shartlar Foydalanuvchining vakolatli davlat organi yoki sudga murojaat qilish boʻyicha ajralmas huquqlarini cheklamaydigan darajadagina qoʻllanadi. Ayrim qoida haqiqiy emas deb topilsa, qolgan qoidalar qonun ruxsat etgan maksimal darajada kuchda qoladi.

Hujjat oʻzbek va rus tillarida eʼlon qilinadi; inglizcha versiya soʻrov boʻyicha beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda tarjimalar oʻrtasida tafovut boʻlsa, majburiy norma yoki alohida shartnoma boshqacha talab qilmasa, oʻzbekcha versiya ustuvor hisoblanadi.

Operator rekvizitlari

Sayt: https://hu-nar.uz. Shaxsga doir maʼlumotlar boʻyicha aloqa: support@hu-nar.uz. Operatorning toʻliq nomi, STIR, roʻyxat raqami va yuridik manzili yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgach ushbu boʻlimda eʼlon qilinadi.

Huquqiy asos: Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-547-son «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni (24.08.2026 holatida) va boshqa qoʻllaniladigan qonunchilik. Ziddiyatda majburiy normalar qoʻllaniladi.

Shuningdek qarang: Maxfiylik siyosati · Shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik